1

Evropa Ligasi: “Liverpul” mag`lub bo`ldi, “Sevilya” va “Shaxtyor”da durang

Sport 29.04.2016, 10:09
Teglar: Evropa chempionlar ligasi
Evropa Ligasi: “Liverpul” mag`lub bo`ldi, “Sevilya” va “Shaxtyor”da durang

Evropa Ligasi musobaqasining dastlabki yarim final uchrashuvlari bo`lib o`tdi. Jumladan, “Vilyarreal” o`z maydonida “Liverpul” bilan, “Sevilya” esa safarda “Shaxtyor” bilan bahs olib bordi. 

“Vilyarreal” so`nggi soniyalarda kiritilgan yagona gol evaziga “Liverpul”ni mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, “Sevilya” jangovar ruhda o`tgan bellashuvda “Shaxtyor” bilan 2:2 hisobini qayd etdi. 

Jamoalar o`rtasidagi javob uchrashuvlari 5 may kuni bo`lib o`tadi. Shundan keyin final yo`llanmasini olgan jamoalar aniq bo`ladi. 

Evropa Ligasi, 1/2 final. Dastlabki uchrashuvlar
Vilyarreal (Ispaniya) – Liverpul (Angliya) 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Adrian. 
Ogohlantirish: Kosta (60).

Shaxter (Ukraina) – Sevilya (Ispaniya) 2:2 
Gollar: 0:1 – 6 Vitolo, 1:1 – 23 Marlos, 2:1 – 35 Stepanenko, 2:2 – 82, penalti Gameyro. 
Ogohlantirishlar: Eskudero (27), Karrisu (40), Krxovyak (48), Malishev (89), Srna (90).

Sharhlar

Joriy mavsumdagi EChL tarixdagi eng sermahsuli bo`ldi

05.06.2017, 10:21

Madridning “Real” klubi g`alabasi bilan yakunlangan 2016/17 yilgi mavsumdagi UEFA Chempionlar ligasi musobaqa tarizidagi eng sermaxsul mavsum bo`ldi. Aniqrog`i, EChLning ushbu mavsumida bo`lib o`tgan 125ta...
Beyl tug`ilgan shahrida EChLda g`olib bo`lgan oltinchi futbolchi bo`ldi

05.06.2017, 10:00

Madridning “Real” klubi Kardiffda o`tgan Evropa Chempionlar ligasi finalida “Yuventus”ni 4:1 hisobida mag`lub etdi va o`z tarixida 12-marta EChL/Evropa Kubogini qo`lga kiritdi. “Real”ning uelslik hujumchisi...
Ronaldu EChL medalini mahbubasi Jorjinaga sovg`a qildi

05.06.2017, 09:45

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning mahbubasi – Jorjina Rodriges EChL final o`yinidan so`ng taqdirlash marosimida Ronaldu uchun berilgan medalni taqib, omma oldida ko`z-ko`z etdi....
“Real” ketma-ket ikkinchi marta EChL g`olibi bo`lgan ilk klubga aylandi

04.06.2017, 05:10

Uels poytaxti Kardiff shahridagi muhtasham “Millenium” stadionida Evropa Chempionlar ligasi final o`yini o`z nihoyasiga etdi. Madridning “Real” klubi Italiyaning “Yuventus” klubiga qarshi bahs olib, 4:1...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1