Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.
2021 yilning 1 dekabr sanasidan Toshkent shahrida yangi 190-sonli "Mashinasozlar metrosi AShB – Yangibozor AShB" avtobus yo`nalishi tashkil etilmoqda.
Masofasi 20,1 km bo`lgan ushbu yo`nalishga yangi xarid qilingan o`rta sig`imli 10 ta transport vositalari biriktirilgan holda 11 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi.
Avtobuslar Mashinasozlar metrosi avtoshohbekatidan Taraqqiyot 2-tor, Mahtumquli, 4R12, Mustaqillik ko`chalari orqali Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanining Yangibozor shaharchasi markazidagi avtoshohbekatga qadar harakatlanadi.
Ushbu yo`nalish Yangibozor shaharchasini Toshkent shahri bilan bog`lash, Toshkent shahrining Mirzo Ulug`bek tumaniga Toshkent viloyatidan qo`shilgan hududlarni jamoat transporti bilan ta`minlash, yangi barpo etilgan Yangi O`zbekiston bog`iga shahar va shahar atrofi aholisining tashrif buyurishlariga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.