Chempionlar ligasining 6-turidan o`rin olgan “Manchester Yunayted” – “Yang Boyz” o`rtasidagi bahs neytral maydonda o`tkazilishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.
Qayd etilishicha, koronavirusning yangi “omikron” shtammi tufayli shunday qarorga kelishi mumkin. Shveysariyada kasallikning yangi shtammi aniqlangan. Shu tufayli Buyuk Britaniyaga klub a`zolari tashrif buyurib, ortga qaytadigan bo`lsa, 10 kunlik karantinga joylashtirilish mumkin.
“Yang Boyz” esa futbolchi va xodimlar karantinga olinmasligi bo`yicha hukumatning qarorini kutmoqda.