Shu yilning 4-18 dekabr kunlari Toshkentda og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasida jahon chempionati o`tkaziladi. Musobaqa “Yunusobod” sport majmuasida bo`lib o`tadi.
Butun dunyoda hamon pandemik vaziyat hukm surayotgan bo`lishiga qaramay, Toshkentda o`tadigan ushbu jahon chempionatiga sayyoramizdagi 90dan ortiq davlatdan jami 480 nafar atletlar (shundan 190 nafari ayollar) 20ta vazn toifasida 60ta medallar jamlanmasi uchun bahs olib borishadi. Umumiy hisobda, jahon chempionatiga rasmiy delegasiya vakillari, hakamlar, sport jamoalarining shifokorlari va boshqa mutaxassislarni qo`shib hisoblaganda qariyb ming nafarga yaqin xorijlik mehmonlar kelishi kutilmoqda.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimi 7 dekabr kuni soat 16:00da “Yunusobod” sport majmuasida tashkil etiladi. Ushbu tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning ishtirok etishi kutilmoqda.
Quyida musobaqa dasturi hamda jahon chempionatida vakillarimizning supachaga chiqish vaqtlari bilan tanishing:
7 dekabr, seshanba.
19:00. -49 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi
8 dekabr, chorshanba
8:00. -45 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi
13:00. -55 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Og`abek Nafasov)
16:00. -55 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Muattar Nabieva)
19:00. -61 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi
9 dekabr, payshanba
16:00. -59 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Nigora Abdullaeva)
19:00. -67 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Adham Ergashev)
10 dekabr, juma
16:00. -64 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Madinabonu Jo`raeva)
19:00. -73 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi
11 dekabr, shanba
16:00. -71 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Mashhura Rustamova)
19:00. -81 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Muhammadqodir Toshtemirov, Xojakbar Olimov
12 dekabr, yakshanba
16:00. -76 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Kumushxon Fayzullaeva)
19:00. -89 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Hakimjon Shamsiddinov, Sarvar Zafarjonov)
13 dekabr, dushanba
16:00. -81 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Nigora Suvonova)
19:00. -96 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi
14 dekabr, seshanba
13:00. -102 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi
16:00. -109 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi (Ruslan Nurudinov, Akbar Jo`raev)
19:00. -87 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Tursunoy Jabborova)
15 dekabr, chorshanba
13:00. +87 kg vazn toifasi (ayollar), A guruhi (Dolera Davronova)
15:30. +109 kg vazn toifasi (erkaklar), A guruhi