Xitoyning sharqidagi Anxoy provinsiyasida avtobus va yuk mashinasi o`rtasida to`qnashuv sodir bo`ldi. Bu haqda Global Times xabar berdi.
Qayd etilishicha, to`qnashuv oqibatida kamida 8 kishi halok bo`ldi, uch kishi jarohat oldi. Jarohat olganlar voqea joyiga yaqin bo`lgan shifoxonaga yotqizilgan.
Voqea joyiga zudlik bilan etib kelgan polisiya xodimlari halokat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.