23-26 aprel kunlari “Istiqlol” san`at saroyida o`zining yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Hosila Rahimova “7x7” gazetasiga kelajakdagi orzu va maqsadlari haqida so`zlab berdi.
“Ayni kunda ijoddan tashqari, milliy zargarlik buyumlari ishlab chiqarish borasida bosh qotiryapman. Bu buyumlar shunchaki oddiy taqinchoq emas,brend sifatida dunyo bozorida baholanishini istayman. Folklor yo`nalishidagi qo`shiqlarimni Turkiyadagi telekanallardan birida namoyish etish niyatim ham bor”,—deydi Hosila Rahimova.





