Afg`onistonning Dushanbedagi elchisi Muhammad Zohir Agbarning so`zlariga ko`ra, 3 oy ichida “Tolibon” mamlakatni boshqarishga qodir emasligini isbotladi. Bu haqda "Zamon" yozmoqda.
Qayd etilishicha, elchi bu faqat afg`onlar uchun havfli deb ishonish xato bo`lishini ham aytib o`tgan. Sababi, “Tolibon” butun mintaqaga tahdid solmoqda. Afg`onistonga chegaradosh qo`shni davlatlarga bu xavf begona emas.
Shuningdek, “Tolibon” xalq bilan muzokara olib borishi kerakligi, aks holda Panjsherdan keyin har qanday viloyat olov ichida, xavf-xatar iskanjasida qolishi mumkin.
Ma`lumot uchun: Panjsher Afg`onistonning “Tolibon” tomonidan egallanmagan so`nggi viloyati edi. Ammo 6 sentyabr kuni bu hudud ham harakat nazoratiga o`tgandi.