AsosiySport

Ro`ziqul Berdiev: "G`alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz"

'Ro`ziqul Berdiev: "G`alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz"'ning rasmi

Ertaga O`zbekiston kubogi final uchrashuvida "Paxtakor" hamda "Nasaf" o`zaro bahs yuritadi. Mazkur o`yindan oldingi matbuot anjumanida qarshiliklar bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev o`z fikrlarini bildirdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi

- Mavsumni “Paxtakor”ga qarshi o`yin bilan boshlagan edik, buni qarangki, mavsum yakunida ham aynan ushbu ikki jamoa to`qnash kelmoqda. Bu bejiz emas, albatta. Ikki jamoaning saviyasi, darajasi buni ko`rsatib turibdi. Shunday ekan, ertaga maydonda shijoat, mahorat va kurash ko`ramiz.

“Paxtakor” haqida ortiqcha gapirishning hojati yo`q. Jamoa tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar jam bo`lgan. Uchrashuvga ruhiy va jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko`rdik. G`alaba qozonish uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

Bu mavsum Superliga, O`zbekiston kubogi va OFK kubogida 40 ga yaqin o`yinda maydonga tushdik. Bilasiz, mavsum avvalida tarkibda o`zgarishlar ko`p bo`ldi va shu bois oldimizga chempionlik yoki kubokni qo`lga kiritish vazifasi qo`yilmagan edi. Shunday bo`lsada, ketganlarning o`rnini yosh futbolchilar bilan to`ldirishga harakat qildik, o`z o`yinimizni yo`qotmadik. Ko`rib turganingizdek, uchta frontda ham yomon natija qayd etmadik.

Ertaga Cheranning ham, Stanoevichning ham yo`q ekanligi birdek sezilsa kerak. Kubok doirasida “So`g`diyona” va AGMKga qarshi bahslar oralig`ida Marko Draganning bilan uchrashish  maqsadida javob so`ragan edi. Balki, ikkala futbolchi finalda o`ynamaslik to`g`risida o`zaro kelishib olishgandir (kuladi). Ular qalin do`st. Stanoevich finalda o`ynashni juda istagan edi. Ikkala jamoa uchun bu katta yo`qotish bo`ladi.

“Paxtakor”ga mavsum davomida uch bor mag`lub bo`ldik. Biz o`sha bellashuvlarni qayta ko`rib chiqib, tahlil qildik. Biz “Paxtakor”ga o`yin jihatdan engilmaganmiz, hisobda mag`lub bo`lganmiz. Ertaga kim xato qilsa, mag`lub bo`lishi muqarrar. Shuning uchun, tartibli o`yin orqali g`alabaga erishish mumkin. Individual o`yin katta ahamiyat kasb etadi. Ammo, o`ylashimcha, bu narsa finalda ikkinchi planda bo`ladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar