AsosiyDunyo

Nohaq sudlangan amerikalik oradan 41 yil o`tgach, qamoqdan chiqdi

Qora tanli amerikalik Geri Tayler ismli shaxs oq tanli o`smirni o`ldirganlikda ayblanib, 41 yil qamoqda saqlangach, Luizana shtati qamoqxonasidan 29 aprel kuni ozod etildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri. 

1974 yilda 16 yoshli Geri Tayler 13 yoshli, oq tanli Tomas Ueberni o`ldirganlikda ayblanib, o`lim jazosiga hukm qilingan. Geri Tayler do`stlari bilan avtobusda bir guruh maktab o`quvchilarining yonidan o`tib ketayotganda o`q ovozi yangragan. Jamoat transporti tekshirilganda undan to`pponcha topilgan. Polisiya Taylerni qotillikda ayblab, hibsga olgan. Sud maslahatchilari uni bir ovozdan aybdor deb topishgan. 

1976 yilda Luizana shtatida o`lim jazosi bekor qilingani sababli, Taylerga nisbatan qo`llangan o`lim jazosi umrbod qamoq jazosi bilan almashtirilgan. Keyinchalik appelasiya sudi 16 yoshli Geri Tayler voyaga etmaganligi tufayli noto`g`ri sud qilinib, konstitusiya qonun-qoidalari buzilganligini aniqlagan. Ammo qayta sud bo`lishiga yo`l qo`yilmagan. 2012 yilda adolat tantana qildi. Luizana shtatida voyaga etmaganlarga nisbatan umrbod qamoq jazosini qo`llash bekor qilindi. U 21 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. U jazoni ikki barobar o`taganligini hisobga olib, oradan 41 yil o`tgach, sud zalidan ozod qilindi.

Boshqa yangiliklar