O`zbekiston fuqarosi “Omisron” shtammini yuqtirib oldi

Dunyo 04.12.2021, 15:23
O`zbekiston fuqarosi “Omisron” shtammini yuqtirib oldi

Janubiy Koreyada koronavirusning “Omisron” shtammi qayd etildi. Bu haqda Koreya Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish agentligi ma`lum qilgan.

Qayd etilishicha, er-xotin 24 noyabr kuni Nigeriyadan Koreyaga kelgan. Ularga 25 noyabr kuni COVID-19 tashxisi qo`yilgan. Shundan so`ng 29 noyabr kuni ularni aeroportdan kutib olib, uyiga olib borgan o`zbekistonlik fuqaroda ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Keyinroq o`zbekistonlik bemorning oila a`zolari hamda bir tanishida ham COVID-19 testi ijobiy chiqqan. Koreya sog`liqni saqlash idoralari ularning barchasi “Omisron” shtammini yuqtirgan, deb taxmin qilishmoqda.

Shuningdek, nigeriyalik er-xotinning farzandida va ular bilan yaqin aloqada bo`lgan boshqa shaxslarda ham koronavirus qayd etilgan.

Rasmiylarning fikricha, bu vaqt ichida Koreyaning ikki fuqarosi, bir nafar o`zbekistonlik va ularning oila a`zolari 270 ga yaqin kishi bilan muloqotda bo`lgan.

Bundan tashqari, O`zbekiston fuqarosida COVID-19 tashxisi qo`yilganidan bir kun avval u Inchxon shahridagi diniy muassasaga tashrif buyurgan, u erda 400 dan ortiq chet el fuqarolari yig`ilgan.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1