Gonduras davlatida polisiya rahbarlarining ba`zi bir qotilliklarga rahnamolik qilganligi haqida xabar tarqalgandan keyin tashkil etilgan maxsus komissiya polisiyada rahbarlik lavozimida ishlayotgan 47 rahbardan 27 nafarini lavozimidan ozod etdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Iste`fodagi 4 nafar polisiyachi mamlakat narkotikka qarshi kurash boshqarmasi boshlig`i Aristides Gonsalesni o`ldirganlikda ayblangan.
“Bu tekshiruvlar polisiyada qayta qurish ishlarini olib borib, xodimlarning jinoyat olami vakillari bilan aloqa qilmasliklarini ta`minlaydi”, deb ma`lumot berdi maxsus komissiya vakili Omar River.





