“Manchester Yunayted”ning yangi bosh murabbiyi Ralf Rangnik Angliya Premer-Ligasi 15-turidan o`rin olgan “Kristal Pelas”ga (1:0) qarshi uchrashuvdan so`ng o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
“To`g`risi, jamoaning o`yinidan mamnunman. Ammo, gol etishmasligi biroz o`yin uslubimizga to`siq bo`ldi. O`yinni nazorat qildik, yaxshi himoyalandik. Eng muhimi darvozamizdan to`p o`tkazib yubormadik. Aynan shuning ustida ko`proq ishlashimiz kerak. Jamoa bilan bor-yo`g`i bitta mashg`ulot o`tkazdim, lekin hayratda qoldim. Men kutganimdan ham yaxshiroq o`ynadik.
Darvoqe, Ronalduning to`psiz harakatlari maqtovga loyiq”— deya germaniyalik mutaxassisning so`zlarini keltiradi VVS.