Venesuelalik qutqaruvchilar Ekvadordagi zilzilarlardan so`ng 13 kun xarobalar ostida qolib ketgan keksa kishini qutqarib oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Qutqaruvchilar 29 aprel kuni Xaramixo aholi yashash punktini ko`zdan kechirayotganida 72 yoshli Manuel Vaskesni topib olishdi. Keksa kishining aytishicha, u 13 kun davomida tashqaridan yordam kutgan.
Vaskes susizlik va charchoq tufayli holdan toygan edi, shuning uchun uni tezda shifoxonaga yotqizishdi.
Jabrlanuvchining oyoqlaridagi bir necha barmoqlarini kesib tashlashga to`g`ri keldi. Bundan tashqari, unga surunkali jigar etishmovchiligi tashxisi qo`yildi.
Eslatib o`tamiz, 17 aprel kuni Ekvadorda 7,8 magnitudali zilzila sodir bo`ldi.





