Ispaniyada davom etayotgan ayollar o`rtasida gandbol bo`yicha jahon chempionatida terma jamoamiz dastlabki guruh bosqichidagi ishtirokini yakunladi. Uchinchi turda vakillarimiz Puerto-Rikoga qarshi bahs olib borishdi.
Shiddatli kurashlar ostida kechgan qarama-qarshilikda Lotin Amerikasi jamoasi 30:24 hisobida ustun keldi. Uchrashuvda hamyurtimiz M.Xudoyqulova 10 ta gol bilan eng sermahsul o`yinchi bo`ldi.
Shu tariqa jamoamiz endi 25-32 o`rin egalarini aniqlab beruvchi divizionda kurashni davom ettiradi. Bu yo`ldagi ilk raqib Eron jamoasi bo`ladi. Shundan so`ng vakillarimiz Kamerun va Angola jamoalariga qarshi maydonga chiqishadi.