AsosiyJamiyat

Toshkentda "Orlando" yonib ketdi

'Toshkentda "Orlando" yonib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Olmazor tumanida "Orlando" rusumli avtomobilda sodir bo`lgan yong`in yuzasidan ma`lumot berildi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 8 dekabr kuni soat 18:50 larda Toshkent shahar, Olmazor tumani, Nurafshon va Qorasaroy ko`chalari kesishgan chorrahada, haydovchi, 1976 yilda tug`ilgan K.X. boshqaruvidagi "Orlando" rusumli avtomobilning dvigatel qismida yong`in yuzaga kelgan. Haydovchi zudlik bilan to`xtab, avtomobildan tushgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

Mazkur hodisa yuzasidan Olmazor tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar