Dunyodagi eng yirik avtokonsernlardan biri Rolls-Royce Wraith avtomobillari egalari uchun mo`ljallangan maxsus sumkalar to`plamini namoyish etdi. Bu haqda “Auto.mail.ru” xabar bermoqda.
Wraith Luggage Collection nomli bagaj uchun maxsus to`plamning narxi 45 845 dollar deb baholandi.
AQSh avtomobil bozorida 3-seriyadagi BMW avtomobillari 33150, 4-seriyadagi BMW avtomobillari esa 41 650 dollarga sotilmoqda.
Wraith Luggage to`plami oltita sumkadan iborat bo`lib, ularning har biri “Rolls-Royce avtomobillarining eksklyuziv estetikasini taqdim etish” uchun yaratilgan. To`plam uchta yo`l sumkasi, ikkita chemodan va to`y-bazmlar liboslari uchun g`ilofni o`z ichiga oladi. Ularning har biri Rolls-Royce avtomobillari yukxonasiga joylashadi. Barcha sumkalar qo`lda tikilgan va ularda Rolls-Royce avtomobillari salonida foydalanilgan charm qo`llanilgan. Sumkalarga Rolls-Royce logotipi belgisi aks ettirilgan.