AsosiySport

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnir g`olibiga aylandi

'Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnir g`olibiga aylandi'ning rasmi

Ispaniyaning Barselona provinsiyasi Kasteldefels shahrida shaxmat bo`yicha “El Llobregat” xalqaro turniri tashkil etildi. Unda dunyoning 30dan ortiq mamlakatidan 150 nafar mahoratli shaxmatchilar g`oliblik uchun bahs olib borishdi.

Ishtirokchilar orasida eng yuqori reytingga ega bo`lgan hamyurtimiz, xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov yakunda o`ziga bildirilgan ishonchni oqladi va 9 imkoniyatdan 7 ochko jamg`argan holda 1-o`rinni egalladi.

6-turdan keyin Nodirbek peshqadamlardan yarim ochkoga ortda qolayotgandi. Ammo, 7-8-turlar hamyurtimiz uchun omadli keldi. Avvaliga u qora donalarda niderlandiyalik Tomas Berdsen ustidan g`alabaga erishgan bo`lsa, 8-turda oq donalar bilan ozarbayjonlik Eltaj Safarlini mag`lub etdi. Nihoyat so`nggi turda ispaniyalik Santos Latasa bilan during o`ynadi va xalqaro turnirni 7 ochko bilan peshqadam sifatida yakunladi.

Boshqa yangiliklar