Kinematografiya agentligi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi tashabbusi bilan Respublika hududi bo`ylab taniqli kinoijodkorlardan iborat an`anaviy kinokarvon safarlari boshlandi.
Mazkur tashabbus “Milliy kinematografiya – Yangi O`zbekiston timsoli” kino oyligi munosabati bilan tashkil etilmoqda.
Kinokarvon safarlari davomida respublikaning ko`plab hududlaridagi kinoteatr va madaniyat markazlarida bepul filmlar namoyishlari, ijodiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, fotosessiyalar tashkil etiladi.






