Angliya Premer-ligasida noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi nomi ma`lum bo`ldi. Bu haqda APL rasmiy sayti xabar berdi.
Unga ko`ra, “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold ortda qolgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 23 yoshli ingliz futbolchisi noyabr oyida 3ta o`yinda 1ta gol urgan va 4ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Ma`lumot uchun, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh oktyabr oyida eng yaxshi futbolchi deb topilgan edi.






