AsosiySport

Eshkak eshish: Osiyo chempionatida o`zbekistonliklar 7ta medal qo`lga kiritishdi

'Eshkak eshish: Osiyo chempionatida o`zbekistonliklar 7ta medal qo`lga kiritishdi'ning rasmi

Tailandning Bang-Chang shahrida akademik eshkak eshish bo`yicha o`smirlar va kattalar o`rtasida Osiyo chempionati tashkil etildi. Ushbu musobaqada 15  davlatdan kelgan mahoratli sportchilar uch kun davomida g`oliblik uchun bahs olib borishdi.

Turizm va sport vazirligining qayd etishicha, bugun yakuniga etgan musobaqada O`zbekiston sharafini 12 nafar sportchi himoya qilishdi. Ular bahslarda ikkitadan oltin va kumush medalni qo`lga kiritishgan.

Quyida bugungi bahslarda g`olib va sovrindor bo`lgan sportchilarimiz bilan tanishing:

Oltin medal:

Evgeniy Agafonov,

Alisher Turdiev,

Shahzod Nurmatov,

Sardor To`lqinxo`jaev - 4 kishilik qayiqda.

Mehroj Mamatqulov,

Shahboz Xolmurzaev,

Davrjon Davronov,

Abdullo Muhammadiev - 4 kishilik qayiqda.

Kumush medal:

Sobir Safaraliev,

Luiza Islomova.

Umumiy hisobda o`zbekistonlik sportchilar ushbu musobaqani 3ta oltin, ikkitadan kumush va bronza medali bilan yakunlashgan.

    Boshqa yangiliklar