Romitan tumanida nogironlik nafaqasini rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSh dollari ta`magirlik qilgan shifokor qo`lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda Romitan tumani Ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasi shifokori o`z xizmat mavqeidan foydalanib, o`zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchini suiste`mol qilib, unga vakolatli tanishlari orqali 500 AQSh dollari evaziga 2-guruh nogironlik nafaqasi rasmiylashtirib berishni va`da qilib, tuman Ko`p tarmoqli markaziy poliklinikasidagi xizmat xonasida kimyoviy ishlov berilgan 500 AQSh dollarini pora tariqasida olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






