Evropalik astronomlar hayot kechirish mumkin bo`lgan yana uchta sayyorani aniqlashdi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri.
Samoviy jismlar Qovg`a burji ostida Erdan 40 yorug`lik yili uzoqligida joylashgan.
Tizimning markazida sovuq qizil karlik joylashgan, uning atrofida esa erga o`xshash uchta sayyora aylanadi. Mutaxassislarning hisob-kitobiga ko`ra, u erdagi harorat suvning suyuq holda bo`lishiga to`sqinlik qilmaydi.





