AsosiyJamiyat

Haykal va kutubxona qurish ishlari bekor qilinmadi, faqat kechiktirildi — Toshkent viloyati hokimligi  

'Haykal va kutubxona qurish ishlari bekor qilinmadi, faqat kechiktirildi — Toshkent viloyati hokimligi   'ning rasmi

Avvalroq, Toshkent viloyatining sobiq hokimi D.H.ning haykal va kutuyuxona qurish uchun byudjetdan 34 mlrd. so`m ajratgani jamoatchilik e`tiroziga sabab bo`lgan edi

Shunga ko`ra, sal avval viloyatning yangi tayinlangan hokimi Zoyir Mirzaev sobiq rahbarning qarorini bekor qilib, mablag`ni davlat byudjetiga qaytarish haqida qaror qabul qilgan edi.

Toshkent viloyati hokimligining qayd etishicha, bu bilan Zulfiya  Zakirova nomiga haykal majmuasi va zamonaviy kutubxona binosini qurish bo`yicha farmoyish bekor qilinmagan, aksincha, joriy yil moliya yili davomida ajratilgan mablag`larning ishlatilmagan qismidan samarali foydalanish va boshqa qarzdorliklarni bartaraf etish uchun chegirib olingan.

Ma`lumotga ko`ra, 2021 yil davomida Toshkent viloyati mahalliy byudjeti daromadlarining qo`shimcha mablag`lari hisobidan amalga oshiriladigan ishlar uchun ajratilgan pullarning o`zlashtirilishi tahlil  qilindi.

Unga ko`ra,  yil yakuniga qadar Toshkent viloyati hokimining 2021 yil 23 apreldagi 144-f-son farmoyishiga asosan kameralar uchun, 2021 yil 30 apreldagi 157-f-son farmoyishiga asosan kichik sanoat zonasida ichimlik va oqava suv tarmoqlarini ulash uchun hamda Toshkent viloyati hokimining 2021 yil 3 noyabrdagi “Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasi va zamonaviy kutubxona binosini qurish to`g`risida”gi farmoyishiga asosan ajratilgan mablag`larni belgilangan tadbirlar bo`yicha hisob-kitoblar va loyihalashtirish ishlari yakuniga etmaganligi sababli o`zlashtirish imkoni mavjud emasligi aniqlangan.

O`zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksiga asosan moliyaviy majburiyatlarni ro`yxatdan o`tkazish joriy moliya yili doirasida amalga oshirilishi belgilanganligidan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi bilan kelishilgan holda yuqoridagi tadbirlarga ajratilgan mablag`lar qisman chegirilgan.

Shuningdek, viloyatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ishlar hajmiga nisbatan qarzdorliklar shakllangan bo`lib, chegirilgan mablag`lar viloyatda olib borilayotgan va moliyalashtirilishi zarur bo`lgan boshqa maqsadlar hamda kreditor qarzdorliklarni bartaraf qilishga yo`naltirilishi belgilab olingan.

"Yuqoridagilardan xulosa qilish mumkinki, Nurafshon shahrida Zulfiya Zakirova nomiga haykal majmuasi va zamonaviy kutubxona binosini qurish bo`yicha farmoyish bekor qilinmagan, aksincha, joriy yil moliya yili davomida ajratilgan mablag`larning ishlatilmagan qismidan samarali foydalanish va boshqa qarzdorliklarni bartaraf etish uchun chegirib olingan",-deydi hokimlik.

Qayd etilishicha, ushbu ob`ektga kelgusida aniq hisob-kitoblarga asosan mablag` ajratilishi ko`zda tutiladi.

    Boshqa yangiliklar