O`zbekistonlik yosh mutaxassis Nizomiddin Ismoilov “Samsung Electronics” kompaniyasi tarixida “Yilning eng yaxshi xodimi” mukofotiga sazovor bo`lgan birinchi o`zbekistonlik bo`ldi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o`z natijalarini bermoqda. Har yili “Samsung Electronics” bosh ofisi tomonidan kompaniya rivojiga ulkan hissa qo`shgan xodimga topshiriladigan ushbu mukofotni vatandoshimizga taqdim etilishi ham ushbu fikrimizga dalil bo`la oladi.
Ma`lumotga qaraganda, “Samsung Electronics”da butun dunyo bo`ylab (60 ga yaqin davlat) 250 mingdan ortiq xodim ishlar ekan. Nizomiddin Ismoilov erishgan muvaffaqiyat respublikamiz yoshlari uchun o`rnak bo`lib xizmat qiladi.






