AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonning 4ta viloyatida yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda

'Ertaga O`zbekistonning 4ta viloyatida yomg`ir va qor yog`ishi kutilmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati 15 dekabr kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra: 

TOShKENT ShAHRI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mukin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5° sovuq kunduzi 1-3° iliq bo`ladi.  

QORAQALPOG`ISTON, XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.  

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.  

TOShKENT, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.  

SAMARQAND, JIZZAX VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.  

QAShQADARYo, SURXONDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, kechasi va kunning birinchi yarmida ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.  

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG`LI HUDUDLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yog`ingarchilik bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbiy shamol yo`nalishini o`zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar