Joriy yil boshidan Farg`ona viloyati bo`yicha aholi iste`molchilari tomonidan 1268 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan bo`lib, ushbu noqonuniy holatlar yuzasidan umumiy 921,3 mln so`m qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan. Bu haqda “Farg`ona HETK” AJ Matbuot xizmati xabar qildi.
Shuningdek, ma`lum qildinishicha, ulgurji iste`molchilar tomonidan 772 ta holatda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, umumiy hisobda 5 mlrd 850 mln so`mga qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirilgan.
“Farg`ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan joylarda muntazam elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari o`tkazib kelinmoqda.
O`tkazilayotgan tadbirlar davomida joylarda aniqlangan qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirilib, vaqtincha elektr tarmog`idan ajratilmoqda.
Joylarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda.






