AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda YPX xodimi faoliyatiga xalaqit bergan fuqaro 10 sutkaga qamaldi

'Qashqadaryoda YPX xodimi faoliyatiga xalaqit bergan fuqaro 10 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududida tezlikni me`yoridan oshirgan transportlarni qayd etuvchi maxsus moslama bilan jihozlangan avtomobilda xizmat olib borgan YPX xodimiga haydovchi Sh.A. e`tirozlar bildirib, tortishuvli holatni yuzaga keltirganligi, vaziyat keskinlashib, atrofda fuqarolar to`planganligi aks etgan video tarqaldi. Qashqadaryo viloyati IIB YHXB mas`ullari tomonidan tegishli hujjatlar to`plandi va holat 2021 yil 13 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Chiroqchi tumani sudida o`rganilib chiqildi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB Axborot xizmati. 

Ma`lum qilinishicha, fuqaro Sh.A. O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 195-moddasida ko`rsatilib o`tilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi va unga nisbatan 10 sutka ma`muriy qamoq jazosi tayinlandi.

"Ko`plab YTHlarga tezlik sabab bo`layotgan bir vaqtda, tezyurar, uchar haydovchilarni tartibga chaqirish maqsadida xizmat olib borayotgan xodimlarning faoliyatiga halaqit bermaslikni so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar