AsosiyJamiyat

1 foizli stavkada soliq to`laydiganlar ma`lum bo`ldi

'1 foizli stavkada soliq to`laydiganlar ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Xizmatlar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi yil rejalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishida prezident Shavkat Mirziyoev ba`zi xizmat ko`rsatish sohalarida soliq stavkalarini kamaytirish bo`yicha topshiriq berdi.

Topshiriqqa ko`ra, endi:

- yangi mehmonxona, dam olish maskanlari uch yil davomida mol-mulk va er solig`ini 2 barobar past stavkada to`laydi;

- turizm sohasi uchun maxsus soliq rejimi joriy etilib, uch yil davomida aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliq 1 foiz stavkada, mol-mulk va er soliqlari esa, hisoblangan summadan 1 foizi miqdorida belgilanadi; 

- oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida, mehmon uylarini tashkil etish va ta`mirlash uchun ham, imtiyozli kredit ajratiladi.

Buning uchun kelgusi yilda 500 milliard so`m yo`naltiriladi.

Shuningdek, qishloqlarda yangidan o`rnatiladigan aloqa operatori stansiyalari mol-mulk va er solig`idan ozod etiladi. Bundan tashqari, aloqa operatorlarining mobil aloqa va tezkor Internet qamrovini oshirish uchun, bazaviy stansiyalardan birgalikda foydalanish huquqi beriladi.

 

Sardorbek Rahmonqulov

    Boshqa yangiliklar