AsosiyJamiyat

Toshkent shahrida “san`at ko`chalari” va Sergeli er usti metrosi atrofida tungi yoritgich, o`rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etiladi

'Toshkent shahrida “san`at ko`chalari” va Sergeli er usti metrosi atrofida tungi yoritgich, o`rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etiladi'ning rasmi

Shavkat Mirziyoev raisligidagi videoselektor yig`ilishida Toshkent shahrini ta`lim, tibbiyot, biznes va madaniy-ko`ngilochar markazga aylantirish bo`yicha dastur ishlab chiqish zarurligi ta`kidlandi.

“Darakchi” muxbiri Sardorbek Rahmonqulovning yig`ilishdan ma`lum qilishicha, Sergeli tumani hokimi 16 kilometr uzunlikdagi er usti metrosi atrofida tungi yoritgich, o`rindiq, sport va boshqa infratuzilma tashkil etish hisobiga, savdo va xizmat ko`rsatish sohasida 5 mingta ish o`rni yaratish bo`yicha taklifini ham bildirgan va bu taklif prezidentga ma`qul kelgan.

Davlat rahbari shu paytgacha sharoit yaratilmagan poytaxt tadbirkorlarining shahar hududida san`at, rassomchilik, haykaltaroshlik, hunarmandchilik vakillarini keng jalb qilib, yirik “san`at ko`chalari”ni tashkil qilish bo`yicha Toshkent shahar hokimining taklifini ham qo`llab-quvvatlashini bildirdi.

“Shu kabi “Chig`atoy ko`chasi” kabi xalqimiz va turistlarni o`ziga tortadigan joylarda milliy va tematik ovqatlanish ko`chalarini tashkil etish zarur. Bu orqali, yiliga 500 mingdan ziyod turistlar uchun yangi marshrutlarni tashkil etsa bo`ladi”, dedi prezident.

    Boshqa yangiliklar