Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlari tizimli ravishda amalga oshirilib kelinmoqda.
Xususan, Andijon aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro Z.O`. ning xatti-harakatlari bojxonachilar e`tiborini tortdi va ushbu shaxs o`rnatilgan tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi.
Natijada, yuklar orasida sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 64,1 million so`mlik 126 dona kosmetologiya vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.