La Liga Movistar va DAZN telekompaniyalariga chempionat translyasiyasi huquqlarini sotganini e`lon qildi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Qayd etilishicha, shartnoma 2022/2023 yilgi mavsumdan 2026/2027 yilgi mavsumga qadar mo`jallangan. Ya`ni, 5 yillik kelishuv imzolandi. Kelishuvning umumiy qiymati 4 milliard 950 million evroni tashkil qiladi.
Movistar va DAZN har bir turda 5tadan o`yinni kelishgan holda translyasiya qilish huquqini qo`lga kiritdi.
Avvalroq Angliya Premer-Ligasi 2025 yilgacha bo`lgan translyasiyalarni 5,1 mlrd funt sterlingga, Germaniya Bundesligasi esa 4 yillik translyasiyalar huqiqini 4,4 mlrd evroga sotgandi.