Kanadaning Alberta viloyatidagi 80 ming kishi yashaydigan Fort Mak-Myurrey shahrining barcha aholisi borgan sari yoyilib borayotgan yong`in sababli evakuasiya qilindi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Olov shaharning janubiy qismidan bostirib kelmoqda.
Frans Press agentligining xabar berishicha, avvaliga hukumat ettita tumanidagi bir necha ming aholini ko`chirishga qaror qilgan, evakuasiya qilinishi kerak bo`lgan shahar aholisi bilan birga odam soni 100 ming kishidan oshib ketgan.