O`zaro muloqot davomida Shveysariya elchisi Ombudsman instituti vazifalari va faoliyatining asosiy yo`nalishlari hamda Vakilning 2021 yil 10 oylik faoliyati bilan tanishtirilgan.
Shuningdek, O`zbekistonda inson huquqlarini ta`minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash jarayoniga yangi mexanizmlarning tatbiq etilishi, qiynoqlarni oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta`minlash, so`z erkinligini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar tomonlar o`rtasida muhokama qilingan.
"Uchrashuv so`ngida o`zaro hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha takliflar berildi",-deya ma`lum qiladi Ombudman axborot xizmati.






