Senatning yigirma ikkinchi yalpi majlis bo`lib o`tmoqda. Unda Toshkent shahar hokimining hududlarni rivojlantirish haqidagi hisoboti eshitildi.
Senat raisi Tanzila Norboeva Toshkent shahar hokimidan G`afur G`ulom bog`idagi obodonlashtirish ishlari qay ahvolda ekanini so`radi.
Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning ta`kidlashicha, G`afur G`ulom bog`i investorga berilgan, lekin tadbirkor bir yildan oshiq vaqt davomida o`z zimmasiga olgan vazifalarni bajarmayapti. Shu sabab poytaxt hokimi bu masalani qayta ko`rib chiqishni taklif qildi.






