Sirdaryolik taniqli jurnalist, uyushmaning Sirdaryo viloyati bo`limi Faxriylar kengashi raisi, uyushma a`zosi Bozorboy Bekmurodov vafot etdi.
Shu munosabat bilan O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ustozning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya bildiradi.
Bozorboy Bekmurodov faoliyati davomida publisistik maqolalari, ocherk va feletonlari bilan matbuot sahifalarida faol qatnashib kelgan.
Ustoz jurnalist ma`rifatparvar inson sifatida hamkasblari, shogirdlari, keng jamoatchilik qalbidan joy olgan. Jurnalistika sohasining samaradorligini yuqori bosqichga ko`tarishga munosib hissa qo`shgan.