AsosiyJamiyat

Navoiy viloyatining yangi hokimi rahbarlar qanday ishlashi kerakligini aytdi

'Navoiy viloyatining yangi hokimi rahbarlar qanday ishlashi kerakligini aytdi'ning rasmi

Ayni paytda Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov viloyatning 2021 yilgi ijtimoiy-iqisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2022 yilgi rejalar to`g`risida murojaatnoma ma`ruzasini o`qimoqda. 

U o`z nutqi avvalida rahbarlarning qanday ishlashi kerakligiga urg`u berib: “Barcha toifadagi rahbarlar o`ziga yuklatilgan vazifalarni qaytadan ko`rib chiqishi, xalqning ichiga kirib borishi, ularning talab istaklarini tushunib etishi va shu asosda ishlarni yo`lga qo`yish shart deb o`ylayman”, dedi.

Viloyat hokimining hisob berishicha, joriy yil yakunlari bo`yicha viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari hisoblangan aholining ishsizlik darajasi yil boshidagi 8,0 foizdan 6,0 foizga kamayishi kutilmoqda. Bu 18 680 ta yangi ish o`rinlarining yaratilishi bilan baholanmoqda. Rejalar ijrosi 105 foiz. Yil yakuni bilan yalpi hududiy mahsulot, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, qishloq xo`jaligi mahsulotlari, qurilish-pudrat ishlari, aholi jon boshiga esa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi ham 5-7 foiz farqi bilan rejadan ortiq bajarilgan. 

Bundan tashqari viloyatda 183,3mln. dollarlik xorijiy investisiyalar o`zlashtirilgan (rejadan 109 foiz).  Shu o`rinda viloyat hokimi ham mahalliy, ham xorijiy investorlar masalasiga jiddiy e`tibor qaratish kerakligini ta`kidladi. 

Investorlar O`zbekistonga ishonyapti. Agar biz ularga bugun sharoit yaratib bersak, biz o`ylagan 60 mingdan ziyod ish o`rinlarini yarata olamiz. Bizni eshitayotgan hokimlar bunga e`tibor berishlarini so`rayman”, dedi Normat Tursunov.

Yig`ilish davom etmoqda.

 

Sardorbek Rahmonqulov

    Boshqa yangiliklar