AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Koreya o`rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi

'O`zbekiston va Koreya o`rtasida hamkorlik hujjatlari imzolandi'ning rasmi

Davlat rahbarlarining samarali muzokaralaridan so`ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo`ldi.

Prezident Shavkat Mirziyoev va Prezident Mun Chje In O`zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o`rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini chuqurlashtirish to`g`risidagi qo`shma bayonotni qabul qildilar.

Bu hujjatda o`zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligini keng nishonlash, ikki xalq o`rtasidagi do`stlik munosabatlarini mustahkamlash maqsadlari o`rin olgan. Raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot va kuchli ijtimoiy siyosat sohalari alohida strategik sheriklikning uch muhim yo`nalishi sifatida belgilangan.

Ikki mamlakat rahbarlari huzurida Sog`liqni saqlash sohasida hukumatlararo bitim, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi bilan 2022-2024 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi, Tashqi ishlar vazirliklari o`rtasida 2022-2024 yillarga mo`ljallangan hamkorlik dasturi, shuningdek, energetika sohasida o`zaro muloqot o`rnatish, “aqlli shahar”larni rivojlantirish, Iqtisodiy taraqqiyotga ko`maklashish jamg`armasi orqali moliyalashtirish, nodir metallar, mis va ularning qotishmalariga oid memorandumlar imzolandi.

Shuningdek, tashrif doirasida axborot texnologiyalari, “aqlli” qishloq xo`jaligi sohalariga oid memorandumlar hamda Iqtisodiy taraqqiyot jamg`armasi bilan hamkorlikda tibbiy uskunalar etkazib berish to`g`risida bitim imzolandi.

    Boshqa yangiliklar