Ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vazirligining rasmiy sahifasiga o`xshash soxta sahifalar paydo bo`lganligi, ular orqali aholini chalg`ituvchi axborotlar tarqatilayotganligi tufayli vazirlikning Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari maxsus Verified (tasdiqlangan) belgisiga ega bo`ldi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, sahifalarning rasmiy maqomga ega bo`lishi soxta profillar hamda yolg`on xabarlar tarqalishiga chek qo`yadi.
"Endilikda Siz sahifa nomidagi maxsus belgi orqali uni soxta sahifalardan oson ajratib olishingiz hamda yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida tezkor va ishonchli ma`lumotlardan birinchilardan bo`lib boxabar bo`lishingiz mumkin!"- deyiladi xabarda.






