AsosiyJamiyat

Nukusda telpakni alkotester qilgan YPX xodimi “qattiq hayfsan" oldi

'Nukusda telpakni alkotester qilgan YPX xodimi “qattiq hayfsan" oldi'ning rasmi

Nukusda Yo`l-patrul xizmati xodimi Z.Madetov bosh kiyimini echib, haydovchi Q.A.ning spirtli ichimlik iste`mol qilganini aniqlash maqsadida undan puflashini so`ragani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.

Yo`l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB mas`ul xodimlari tomonidan o`tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasi haqida ma`lumot berdi.

Tekshiruv xulosasiga ko`ra, xizmati mobaynida “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to`g`risidagi Nizom” hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me`yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi IIV YHXB YPX inspektori Z.Madetovga nisbatan "Qattiq hayfsan" intizomiy jazosi qo`llanilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar