AsosiyJamiyat

Samarqandda maktab o`quvchisi sham yorug`ida uy vazifasini bajarish chog`ida uxlab qolib, xonadonni yoqib yubordi

'Samarqandda maktab o`quvchisi sham yorug`ida uy vazifasini bajarish chog`ida uxlab qolib, xonadonni yoqib yubordi'ning rasmi

Samarqandda sham yorug`ida uy vazifasini bajarayotgan bola uxlab qolishi oqibatida xonadonda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda «Daryo» yozmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, voqea joriy yilning 16 dekabr kuni soat 03:00 atrofida Samarqand shahrining Kimyogarlar shaharchasidagi Madaniyat mahallasidagi ko`p qavatli uylardan birida sodir bo`lgan. Voqea joyiga zudlik bilan ikki yong`in o`chirish va qutqaruv guruhi etib keldi va 30 daqiqada yong`inni o`chirishdi.

Yong`in oqibatida mebel va boshqa idishlar yonib ketgan, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong`inning taxminiy hodisasi elektr ta`minotidagi uzilish bo`lib, bola uy vazifasini sham yorug`ida bajargan.

    Boshqa yangiliklar