Kuni kecha "Toshkent-Termiz" magistral yo`lining bir qismi bo`lgan Taxtaqoracha dovonida maxsus-taktik o`quv mashqi bo`lib o`tdi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Xabarga ko`ra, tadbir uch bosqichda bo`lib o`tdi. O`quv mashqining g`oyasiga ko`ra, yong`in-qutqaruv guruhi ko`chki ostida qolib ketgan bir nechta fuqarolarni xavfsiz hududga olib chiqib, ularga birinchi yordam ko`rsatadilar.
Shuningdek, mashq davomida qutqaruvchilar avtohalokat natijasida avtobusda yuzaga kelgan yong`inni tezda bartaraf etib, yo`lovchilarni o`z vaqtida evakuasiya qilishgan. Tadbirning so`ngi uchinchi qismida maxsus texnikalar yo`lning qorli qismini tozaladi.
Maxsus-taktik o`quv mashqi davomida 30 ga yaqin texnika va FVDT xizmatlarining turli tuzilmalaridan 130 nafardan ortiq mutaxassislar jalb qilindi.






