Surxondaryoda fuqaro avtomashinasini jarima maydonidan chiqarish uchun 300 dollar "taklif qildi".
IIVning xabar berishicha, inspektor B.R fuqaroga uning bu harakati jinoyat ekanligi, bu bo`yicha jinoiy javobgarlik mavjudligini tushuntirishiga qaramasdan haydovchi pora taklif qilishda davom etgan.
Shundan so`ng, YPX inspektori B.R Surxondaryo viloyati IIB boshlig`i nomiga pora taklif qilayotgan fuqaro I.K ga nisbatan qonuniy chora ko`rish bo`yicha bildirgi bilan murojaat qilgan.
"Mazkur bildirgiga asosan, 2021 yil 17 dekabr kuni soat 20:00 larda IIV ShXBB Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi, viloyat IIB JXD YXHX va Denov tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.K Denov tumani "Namozgox" mahallasi hududida joylashgan avtomashinalarni vaqtincha saqlash jarima maydoni yonida 2.150.000 so`m va 100 AQSh dollarint bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi",- deyiladi xabarda.
Ta`kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






