AsosiyJamiyat

Ayrim avtomobillarni sotish bo`yicha yangi arizalar qabul qilish vaqtincha to`xtatildi

'Ayrim avtomobillarni sotish bo`yicha yangi arizalar qabul qilish vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

“UzAuto Motors” kompaniyasi dan uzr so`rab, bayonot bilan chiqdi. Kompaniya bayonotida ayrim avtomobillarni sotish bo`yicha yangi arizalar qabul qilish vaqtincha to`xtatilgani aytiladi.

" “UzAuto Motors” sizga juda qiyin damlarda murojaat qiladi",-deyilali xabarda.

" "UzAuto Motors"  jamoasi oktyabr, noyabr va dekabr oylarida shartnoma majburiyatlarini sifat jihatidan yo`qotmasdan bajarish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Ammo har safar kompaniya vaziyatni amalda engib, avval etkazib berilmagan avtomobillarni ishlab chiqara oldi va deyarli normal ish ritmiga qaytdi, hammamizni navbatdagi nosozliklari barchamizni orqaga qaytardi",-qayd etiladi bayonotda.

 Kompaniya tushuntirishda davom etarkan, bunday sharoitda boshqa bir yo`lning mavjud emasligi, bir qator boshqa global avtomobil ishlab chiqaruvchilardan o`rnak olishga, vaqtincha, 20.12.2021 dan 01.02.22 gacha muddatiga Nexia, Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillarini sotish bo`yicha yangi arizalar qabul qilishni to`xtatib, barcha kuchni oldindan buyurtma qilingan avtomobillarni ishlab chiqarishga qaratishini ta`kidladi.

"Bu qarorni qabul qilish biz uchun oson bo`lmadi, ammo hozirgi sharoitda kompaniya avval berilgan buyurtmalar bo`yicha avtomobillarni ishlab chiqarishni o`zining ustuvor vazifasi deb biladi. Vaqtinchalik yangi avtomobilga buyurtma bera olmagan potensial xaridorlarimizdan chin dildan uzr so`raymiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar