AsosiyJamiyat

"Joyiga borib, o`zim o`rgandim..." Qashqadaryo hokimi Qarshidagi xarob yotoqxona haqida gapirdi

'"Joyiga borib, o`zim o`rgandim..." Qashqadaryo hokimi Qarshidagi xarob yotoqxona haqida gapirdi'ning rasmi

Ayni daqiqalarda Qashqadaryo viloyati hokimi Murodjon Azimovning  viloyatni 2021 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari hamda 2022 yil uchun belgilangan vazifalar yuzasidan murojaatnomasi bo`lib o`tmoqda. 

Viloyat hokimi o`z murojaatida “Shodlik” mahallasidagi yotoqxonaga ham to`xtaldi, deya xabar qildi viloyat hokimligi Matbuot xizmati. 

"Qarshi shahridagi “Shodlik” mahallasida joylashgan yotoqxona masalasiga ham to`xtalib o`tishim joiz.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoritilgan mazkur muammoni joyiga borib, o`zim o`rgandim. Aholi bilan muloqotda bo`ldim.  

Meni qattiq tashvishga solgani, yotoqxonada hech qanday sharoiti bo`lmagan xonalarda yashayotgan farzandlar ta`lim-tarbiyasi va taqdiri qanday kechadi.

Tezlik bilan bu erda homiylik asosida ta`mirlash ishlari boshlab yuborildi. Viloyat rahbari sifatida aytishim kerak, yotoqxonada turadigan har bir insonning taqdiri alohida e`tiborga olingan.  

Talabga ko`ra, uy-joyga ehtiyoji bor bo`lgan fuqarolarga uy-joy beriladi, davolanishi zarur bo`lganlarga tibbiy xizmat ko`rsatiladi, yolg`iz, boquvchisini yo`qotgan odamlarning taqdiri ham e`tiborimizda", - deyidi Murodjon Azimov murojaatida. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar