21-28 dekabr kunlari yangi yil bayrami munosabati bilan O`zbekiston Kinematografiya agentligi, "Yoshlik" studiyasi tomonidan "Debyut - 2021" yoshlar milliy kinofestivali bo`lib o`tadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Unda yil davomida yosh kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan eng sara qisqa metrajli filmlar tanlab olinib, g`oliblar maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bir hafta davom etadigan milliy festivalda shuningdek, mahorat darslari, pitchinglar, turli janrdagi qisqa metrajli filmlarning taqdimoti, yoshlar uchun shou-konsertlar tashkil etiladi.
Kinofestival "Milliy kinematografiya — Yangi O`zbekistonning timsoli" kinooyligi doirasida o`tkazilayotgan bo`lib, kinooylik 2022 yil 14 yanvargacha davom etadi.






