Qiziltepa tumanida qalbaki AQSh dollari bilan savdo qilmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Departamentning Qiziltepa tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan IIB xodimlari bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.A. “Tavois” MFY hududidagi savdo do`konidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib evaziga sotuvchiga qalbaki 100 AQSh dollarini bergan vaqtida ushlanib, uning yonida yana 12 dona qalbaki 100 AQSh dollari mavjudligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






