AsosiyJamiyat

Byudjet, bandlik, yo`l, suv, elektr: Qoraqalpog`istonda bu yil qanday o`zgarishlar bo`ldi?

'Byudjet, bandlik, yo`l, suv, elektr: Qoraqalpog`istonda bu yil qanday o`zgarishlar bo`ldi?'ning rasmi

Joriy yil yakunlari bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlari rejadan 5-24 foiz oralig`ida o`sgan. Bu haqda ayni paytda Vazirlar Kengashining raisi Qahramon Sariev Qoraqalpog`iston Respublikasini 2021 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2022 yilgi rejalar to`g`risidagi murojaatnomasida ma`lum qildi.

Bandlik 

Yaratilgan yangi ish o`rinlari soni 23 100 ta – reja 105 foiz. Bu esa aholining ishsizlik darajasi yil boshidagi 10,5 foizdan 9,5 foizga kamayishiga sabab bo`lgan.

Byudjet 

Qoraqalpog`iston Respublikasi yil davomida:

  • davlat byudjetiga 1 trln. 767 mlrd. so`m;
  • mahalliy byudjetga 1 trln. 680,6 mlrd. so`m;
  • respublika ixtiyoriga 66,5 mlrd. so`m erkin qoldiq mablag`lari qolishi rejalashtirilgan.

Infratuzilma

Joriy yilda Qoraqalpog`istonda:

  • 505,6 km ichki yo`llar ta`mirlangan;
  • 680,6 km ichimlik suv tarmog`i qurilgan (ta`minlanganlik darajasi 68,1 foizga etgan);
  • 843,6 km tarmoq va 207 dona transformator punktlari rekonstruksiya va modernizasiya qilingan (bu bilan 71 mingdan ortiq xonadon, 1,0 mingga yaqin tadbirkorlik sub`ektlari hamda 180 dan ortiq ijtimoiy soha muassasalarining elektr ta`minoti yaxshilangan).

 

Sardorbek Rahmonqulov

    Boshqa yangiliklar