AsosiyJamiyat

XTV maktablarda yangi yil bayramini o`tkazish bo`yicha o`rnatgan cheklovlariga qo`shimcha izoh berdi

'XTV maktablarda yangi yil bayramini o`tkazish bo`yicha o`rnatgan cheklovlariga qo`shimcha izoh berdi'ning rasmi

Xalq ta`limi vazirligi tomonidan bolalar xavfsizligi hamda turli pul yig`imlarining oldini olish maqsadida maktablarda yangi yil bayramini nishonlash bilan bog`liq ayrim cheklovlar joriy qilganligi haqida ma`lumot berilgan edi. 

Vazirlik tomonidan maktablarga Yangi yil bayramini rejalashtirish va o`tkazish bilan bog`liq cheklov yuzasidan tegishli xati noto`g`ri talqin qilinganini ma`lum qildi va xabarnomani qo`shimcha izohladi. 

Unga ko`ra, maktablar hududida yangi yil bayramini nishonlash bilan bog`liq hech qanday cheklovlar mavjud emas. Pul yig`imlari hamda ota-onalarning e`tirozlarini oldini olish maqsadida restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shahobchalarida maktab o`quvchilariga Yangi yil bayramini o`tkazish tavsiya etilmasligi aytildi.   

 Bayonotda Respublika maxsus komissiyasining turli xil korporativ bayram va ko`ngilochar tadbirlarni tashkil etish bilan bog`liq taqiqlar vazirlik, idora va boshqa davlat tashkilotlariga tadbiq etilganligi ma`lum qilingan.  

 

    Boshqa yangiliklar