Moskvada milliy xabarlar xizmati muharriri Aleksandri Rubsov uyidan o`lik holatda topildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Aleksandr Rubsov 35 yoshda bo`lib, so`nggi ikki yil mobaynida to`rtta radiostansiyada “Bizning radio”, Rock FM, Best FM va “Radio JAZZ” efirida yangiliklarni o`qigan.
Uni 3 may kuni uyida o`ldirib ketishgan. Jasadda bir qancha tig` sanchilishidan hosil bo`lgan yaralar va kaltak izlari bo`lgan. Aleksandr Rubsov 2016 yilning 29 aprel kuni so`nggi bora efirga chiqqan.