Madridning "Atletiko" hujumchisi Luis Suares faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca xabar berdi.
Unga "Inter Mayami" klubi tomonidan jiddiy qiziqish bildirilmoqda. O`z navbatida Suares ham faoliyatini u erda davom ettirishga qarshi emas.
Suaresning "Atletiko" bilan shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. Hozircha "Atletiko" yangi shartnoma borasida muzokara o`tkazganicha yo`q.
Ma`lumot uchun, 34 yoshli hujumchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 17ta o`yinda maydonga tushib, 7ta gol urdi.